Terms of Use of the Pro-User Card Service

Kasbiy foydalanuvchi kartasini yaratish servisidan foydalanish shartlari
1. Umumiy qoidalar
1.1. Quyida 4-bandda ko'rsatilgan va Yango, Yandex Go, Deli brendlari ostida faoliyat yurituvchi kompaniya (keyingi o'rinlarda “Kompaniya”) amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ruxsat berilgan barcha muomalaga layoqatli shaxslarni (1) yo‘lovchi taksisini haydashga va (yoki) yo'lovchi taksisining haydovchisi sifatida ishlashga yoki (2) tovarlar yoki oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishga va (yoki) tovarlar yoki oziq-ovqat yetkazib berish xizmatining kuryeri (keyingi o'rinlarda “Foydalanuvchi”) sifatida ishlashga va taksi xizmatlari, yetkazib berish xizmatlari yoki Kompaniya (keyingi o'rinlarda “Servis”) uchun kasbiy foydalanuvchi kartasini yaratish uchun veb-servisdan foydalanishga taklif qiladi. “Taksi xizmati” yoki “yetkazib berish xizmati” (keyingi o‘rinlarda “Kompaniyaning hamkor(lar)i”) Kompaniyaning servislariga kirish huquqini olish uchun Kompaniya bilan shartnoma tuzgan (yoki tuzishni rejalashtirayotgan) Kompaniyaning hamkorini bildiradi.
1.2. Kompaniyaning veb-saytida (Kompaniyaga tegishli va (yoki) u administratorlik qiladigan veb-sayt) yoki mobil ilovada (Kompaniyaga tegishli va (yoki) u administratorlik qiladigan yoki berilgan litsenziya asosida Kompaniya foydalanadigan dasturiy ta'minot) joylashtirilgan elektron shaklni to'ldirish va “Yuborish” yoki shunga o'xshash tugmani bosish yoki tegishli maydonni belgilash orqali Foydalanuvchi ushbu Foydalanish shartlarini qabul qiladi.
1.3. Ushbu Foydalanish shartlarini qabul qilgan holda, Foydalanuvchi 1.1-bandda ko'rsatilgan talablarga javob berishini tasdiqlaydi va kafolatlaydi.
2. Servisdan foydalanish. Servisning ma’lum funksiyalari
2.1. Servis Foydalanuvchiga Kompaniya tizimida Foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘plamini (keyingi o‘rinlarda “Kasbiy foydalanuvchi kartasi”) bepul yaratishni va Kompaniyaning Hamkorlariga Kasbiy foydalanuvchi kartasidan foydalanish imkoniyatini taqdim etishni taklif qiladi.
2.2. 1.2-bandda ko'rsatilgan shaklni to'ldirgandan va yuborgandan so'ng, Kompaniya, uning affillangan shaxsi, Kompaniyaning xodimi yoki Kompaniya (yoki uning affillangan shaxsi) nomidan yoki uning topshirig‘i nomidan ish yurituvchi jismoniy shaxs (xodim yoki yuridik shaxsning vakili) Kasbiy foydalanuvchi kartasiga rekvizitlarni yoki qo‘shish, aniqlashtirish uchun Foydalanuvchi bilan bog'lanishi mumkin. Rekvizitlarni aniqlashtirish, tuzatish yoki qo'shish avtomatlashtirilgan tizimlar va chat-botlar tomonidan har qanday aloqa vositalari, shu jumladan messenjerlar orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
Ushbu qoida Kompaniyaning ushbu Foydalanish shartlariga muvofiq majburiyati bo'lib hisoblanmaydi.
2.3. Kasbiy foydalanuvchi kartasi Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar va axborot asosida shakllantiriladi va, agar Kompaniya yoki Kompaniya Hamkori bilan Foydalanuvchi o'rtasida shartnomaviy yoki boshqa huquqiy munosabatlar ilgari o'rnatilgan yoki o'rnatilgan bo'lsa, Kompaniya yoki Kompaniyaning Hamkorlari tomonidan taqdim etilgan axborot bilan to'ldirilishi mumkin.
2.4. Agar foydalanuvchi to'liq bo'lmagan, chalg‘ituvchi yoki noaniq ma'lumotlarni taqdim etsa yoki Foydalanuvchi bunday ma'lumotlarning to'g'riligini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etmasa yoki boshqa har qanday sabablarga ko'ra, Kompaniya foydalanuvchiga bunday sabablarni tushuntirish majburiyatsiz Kasbiy foydalanuvchi kartasini yaratishni rad etishi yoki har qanday Kasbiy foydalanuvchi kartasini o'chirishni mumkin.
2.5. Kasbiy foydalanuvchi kartasini Servisning algoritmlariga bog‘liq ravishda Kompaniyaning barcha yoki ayrim Hamkorlari ko‘rishlari mumkin. Agar Kompaniya Hamkori Foydalanuvchiga taksi haydovchisi yoki oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beruvchi kuryer sifatida qiziqish bildirsa, u Foydalanuvchi bilan shartlarni muhokama qilish va shartnoma tuzish uchun Kasbiy foydalanuvchi kartasida ko‘rsatilgan aloqa ma’lumotlaridan foydalangan holda Foydalanuvchi bilan bog‘lanishi mumkin. Kompaniya bunday shartnomaning tarafi yoki tashabbuskori bo'lib hisoblanmaydi va bunday shartnoma taraflarining vakili bo'lib hisoblanmaydi. Kompaniya Foydalanuvchining Kompaniya Hamkoridan bunday shartnomani tuzish taklifini olishiga kafolat bermaydi.
2.6. Kompaniya Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlaydi, xususan, ushbu foydalanish Shartlarga muvofiq Foydalanuvchiga Servis xizmatlarini taqdim etish maqsadlari uchun va qonuniy asoslarda Kompaniyaning Hamkorlari va Kompaniyaning pudratchilari yoki xizmat ko'rsatuvchilarga Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini uzatadi va (yoki) ixtiyoriga taqdim etadi. Agar rozilik Foydalanuvchi Servisdan foydalanadigan mamlakatning qonun hujjatlariga muvofiq shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash uchun yagona qonuniy asos bo'lib hisoblansa, Foydalanuvchi ushbu bilan Kompaniyaga ma'lumotlarni mana shunday qayta ishlashga, shu jumladan Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini belgilangan maqsadlar uchun uchinchi shaxslardan olishga rozilik beradi.
3. Kafolatlarning bo'lmasligi, javobgarlikning cheklanganligi
3.1. Kompaniya Servis Foydalanuvchining kutganlari va maqsadlariga muvofiq bo‘lishiga yoki uning xatosiz yoki uzilishlarsiz ishlashiga kafolat bermaydi.
3.2. Kompaniya Servisdan foydalanish yoki unga kira olmaslik natijasida Foydalanuvchiga yoki uchinchi shaxsga yetkazilgan zarar uchun to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita javobgar emas va bunday zararlarni qoplamaydi.
3.3. Foydalanuvchi Kompaniya Hamkori va Foydalanuvchilar o'rtasidagi huquqiy munosabatlarni Kompaniya nazorat qilmasligini va ularga hech qanday ta'sir ko'rsatmasligini tushunadi va e’tirof etadi. Kompaniya Hamkorlaridan Foydalanuvchiga tushadigan takliflar Servisning bir qismi bo'lib hisoblanmaydi va faqat Foydalanuvchi hamda Kompaniya Hamkori o'rtasida ko'rib chiqilishi lozim.
3.4. Har qanday ikki xil ma’nodagi izohlarga yo'l qo'ymaslik uchun Servisdan foydalanish Foydalanuvchiga taksi haydovchisi yoki tovarlar yoki oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish kuryeri sifatida ishlash huquqini bermaydi. Binobarin, Foydalanuvchi va Kompaniya Hamkorining o‘rtasida shartnoma yoki boshqa huquqiy munosabatlar o‘rnatilgunga qadar yoki Foydalanuvchi boshqa yo‘l bilan taksi haydovchisi yoki tovarlar yoki oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish kuryeri sifatida ish yuritishga qonuniy huquqlarni qo‘lga kiritmaguncha, Foydalanuvchiga Kompaniyaning veb-servislari yoki mobil ilovalaridan shunday sifatda foydalanishi taqiqlanadi.
4. Kompaniya haqida axborot
Brend | Mamlakat | Kompaniya | Manzil |
---|---|---|---|
Yango | Finlyandiya Norvegiya | “Raydtex Interneshnl B.V.” (Ridetech International BV) | Sxipxol bulvari 291, 1118 BX , Sxipxol, Niderlandiya (Schiphol Boulevard 291, 1118 BH Schiphol, Netherlands) |
BAA, Dubay sh. | “Yango DjiSiSi Elektronik Transport Servisez ElElSi” (Yango GCC Electronic Transport Services LLC) | BAA, Dubay sh., Al Suq Al Kabir, Mohammed Saad Abdulloh Al Sharif, M10 ofis (UAE, Dubai, Al Suq Al Kabeer, Mohammed Saad Abdulla Al Sharif, office No. M10) | |
Marokash | “Yango Mar Sarl” (Yango Mar Sarl) | Marokash , Kasablanka sh., 265, Bd Zerktuni , 9 qavat , № 92 (Morocco, Casablanca, 265, Bd Zerktouni, 9ème étage, n° 92) | |
Jazoir | “Rayd Texnolodji Aljeriz EURL” (Ride Technology Algeria EURL) | Ryu Selman Amirat № 21 seksiya 03 blok № 88, birinchi qavat, Al- Muradiya (Rue Selman Amirate №21 section 03 Ilot № 88 RDC El Mouradia) | |
Angola Boliviya Kamerun Kolumbiya Kongo Demokratik Respublikasi Gana Gvatemala Kot-d'Ivuar Mozambik Namibiya Pokiston Peru Kongo Respublikasi Senegal Zambiya | “RaydTexnolodji Global FZ -LLC” (RideTechnology Global FZ-LLC) | 104A, birinchi qavat, 12-uy, Dubay Internet Siti, Dubay Amirligi, BAA (104A, First floor, Bld. 12, Dubai Internet City, Emirate of Dubai, the UAE) | |
Efiopiya | “GTOG IT SOLUSHNS , Es.Si” ( GTOG IT SOLUTIONS, S.C.) | 595/596 Vondimanex St., Arada Sabsiti, Addis -Abeba , Efiopiya (595/596 Wondimaneh St, Arada Subcity, Addis Ababa, Ethiopia) | |
Ozarbayjon | “UBER AZERBAYJAN” MChJ (UBER AZARBAYCAN LLC) | Ozarbayjon Respublikasi, Boku sh., Xatay tumani, Xodjali shox ko‘ch., 55, AZ1025 (Republic of Azerbaijan, Baku city, Khatai district, 55 Khojaly, AZ1025) | |
Deli | Kot-d'Ivuar | “FUDTEX SARL” (FOODTECH SARL) | Abidjan, Kokodi Danga , Ryu de Jasmen , 30-uchastka, orol 4, lot 37, Kot-d'Ivuar (Abidjan, Cocody Danga, Rue des Jasmins, Plot 30, Island 4, Lot 37 in Ivory Coast) |
Zambiya | “Yango ZAM Limited” (Yango ZAM Limited) | 3-uy Mpulung Roud, Olympiya Park, Lusaka, Zambiya (House No. 3 Mpulungu Road, OlympiaPark, Lusaka, Zambia) | |
Yango Delivery | Boliviya Chili Gana Kot-d'Ivuar Peru Senegal Serbiya Zambiya | “Yango Delivery FZ – LLS” (Yango Delivery FZ-LLC) | DMC-BLD05-VD-G00-578, birinchi qavat, DMC5, Dubay Media Siti, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari (DMC-BLD05-VD-G00-578, Ground Floor, DMC5, Dubai Media City, Dubai, United Arab Emirates) |
Marokash | Logistiks Texnolodjis Marokko SARL (Logistics Technologies Morocco SARL) | 265, Zerktuni bulvari , 9-qavat, № 92, Kasablanka (Marokash) (265, boulevard Zerktouni, 9ème étage, n°92 Casablanca (Maroc)) | |
BAA, Dubay sh. | “Yango Deliveri LLS” (Yango Delivery LLC) | Ofis № 201-04 Bey Skver 04 – Biznes Bey - Dubay - BAA (Office No.201-04 Bay Square 04 - Business Bay - Dubai - UAE) | |
Yandex Go | Litva | “Raydtex Interneshnl B.V.” | Sxipxol bulvari 291, 1118 BH, Sxipxol, Niderlandiya |
Gruziya | “Ridetek Jorjiya” MChJ (Ridetech Georgia LLC) | Gruziya , Tbilisi , David Agmashenebeli shox ko‘ch. 29 a , 4- do'kon (Davit Aghmashenebeli Avenue 129a, Shop N4, Tbilisi, Georgia) | |
Moldova | “Raydtex S.R.L.“ (Ridetech S.R.L.) | Moldova Respublikasi, Kishinyov sh., Shtefan chel mare shi Sfint, 65 ofis 806 (65 Stefan cel Mare si Sfant Boulevard, office 806, Chisinau city, Republic of Moldova) | |
Qirg'iziston | “Yandeks.Taksi Korp” MChJ (Yandex.Taxi Corp LLС) | Qirg‘iziston Respublikasi, 720040, Bishkek sh., Erkindik bulvari, 58A (58A Erkindik Boulevard, 720040, Bishkek, Kyrgyz Republic) | |
Serbiya | “Rayd Texnolodji Global FZ-LL” (RideTechnology Global FZ-LLC) | 104A, birinchi qavat, 12-uy, Dubay Internet Siti, Dubay Amirligi, BAA (104A, First floor, Bld. 12, Dubai Internet City, Emirate of Dubai, the UAE) | |
O'zbekiston | “YandexGou UB” MChJ (YandexGo UB LLC) | O‘zbekiston Respublikasi, 100084, Toshkent sh., Amir Temur ko‘ch., 88 A (88А Amir Temur street, 100084, Republic of Uzbekistan, Tashkent city) | |
Armaniston | “Raydtex AM” MChJ (Ridetech AM LLC) | Yerevan, Armaniston Respublikasi, 0026 , Yerevan , Arshakunyats shox ko‘ch., 49-22 (49-22 Arshakunyats, 0026, Yerevan, Republic of Armenia) | |
Qozog'iston | “Yandeks.Taksi Korp” MChJ (Yandex.Taxi Corp LLP) | Qozog‘iston Respublikasi, 50040, Olmaota, Bo‘stondiq tumani, Timiryazev ko‘ch., 28v , 6-chi qavat (6th floor, 28v, Timiryazeva str., Bostandyk district, Almaty 50040, Republic of Kazakhstan) |

Chop etilgan sana: 26.04.2024