QIZLAR TECH Community

IT sohasida rivojlanishni istagan ayollar uchun hamjamiyat

IT’dagi qizlar bilan tanishing, ekspertlardan o‘rganing, mentorlar toping va rivojlanishingizga yordam beradigan yangi imkoniyatlardan foydalaning

Two women sitting, one smiling, white clothes, wooden chair, food in hand
Blurred laptop with blue and orange lighting
Four young women posing for a photo, making peace signs with their hands

Nega aynan QIZLAR TECH Community

Mentorlik
IT sohasidagi tajribali ayol mutaxassislar bilan suhbatlashing, savollar bering va kasbiy rivojlanishingizga yordam beradigan maslahatlar oling
Netvorking
IT sohasidagi qizlar bilan tanishing, tajriba almashing, hamfikrlar toping va yangi kasbiy aloqalar o‘rnating
Yandex Uzbekistan tadbirlarida qatnashish
imkoniyati
IT-nonushtalar, konferensiyalar, Yandex Uzbekistan Dev Meetup va boshqa tadbirlar orqali soha vakillari bilan yaqindan tanishing va muhim voqealardan chetda qolmang
Yopiq tadbirlar
Yiliga ikki marta faqat o‘z davramizda uchrashamiz: suhbatlashamiz, tanishamiz va biz uchun chindan ham muhim bo‘lgan mavzularni muhokama qilamiz

Hammasi qanday ishlaydi

Three women near foosball table
01
Hamjamiyatga qo‘shiling
Arizani to‘ldiring va o‘zingiz haqingizda qisqacha so‘zlab bering
02
Tanishing
Yopiq chatga qo‘shiling va boshqa ishtirokchilar hamda tajribali mutaxassislar bilan tanishing
03
Yangi bilim va ko‘mak oling
Tadbirlarda qatnashing, mentorlar bilan suhbatlashing va mutaxassislarga savollar bering
04
Karyerangizda rivojlaning
Yangi bilim va aloqalardan foydalanib, kasbiy yo‘lingizda keyingi qadamni tashlang

Kasbiy rivojlanish
uchun muhit yaratamiz

Ba’zan karyerangizdagi yangi qadam yana bir kursdan emas, bu yo‘lni allaqachon bosib o‘tgan inson bilan suhbatdan boshlanadi

Biz IT sohasidagi qizlarni birlashtiramiz. Bu yerda tajriba almashish, mentor topish, kasbiy aloqalarni kengaytirish va sohadagi yangi imkoniyatlarni kashf etish mumkin

Bu hamjamiyat kimlar uchun?

Allaqachon IT sohasidamisiz?
Tajriba almashing va kasbiy aloqalaringizni kengaytiring
Endigina
boshlayapsizmi?
Tajribali mutaxassislar bilan tanishing, ulardan maslahat so‘rang va kasbiy yo‘llari haqida bilib oling
Yo‘nalishingizni o‘zgartirmoqchimisiz?
Sizni qiziqtirgan sohada allaqachon ishlayotganlar bilan tanishing
Kasbiy aloqalaringizni kengaytirmoqchimisiz?
Unda aynan bizga qo‘shiling!